Foto: Google.com

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, mazkur hodisa kecha, 6-fevral kuni, soat 10:30 larda sodir bo‘lgan.

2020 yil 06 fevral kuni soat 10:30 larda, 22 yoshli А.K, Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinkada boʼla turib, jamiyatda oʼrnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinika boʼlim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan oʼzaro gap tortishib, uning yuz qismiga qoʼli bilan urib, uning yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan А.Q.ga nisbatan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik)bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.