Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 345,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Foto: RIA Novosti

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 59,3 mln. AQSh dollariga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (314,7 mln.), Xitoy (10,8 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Belorus (2,8 mln.), Italiya (2,3 mln) va 1,9 mln. AQSh dollari bilan Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda pandemiya davrida tashqi qarz $3,1 mlrd. ga ko‘paydi
Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo’ldi

Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbekiston 46 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.