Janubiy Koreyada oxirgi kun davomida odatdagidek COVID – 19 koronavirus infeksiyasining yangi holatlari 131 kishida qayd etildi, mamlakatda bu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 7513 ga yetdi, 53 kishi o’ldi, deya xabar beradi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (KCDC).

janubiy koreya koronavirus
Foto: Interfax

Avvalroq 51 kishi o’lgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini eng yuqori darajaga ko’tarildi. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qish boshlanishi 23 martga qoldirildi.

KCDC ma’lumotlariga ko’ra, seshanba kuni soat 00:00 (dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00), yangi holatlar 92 ta Tegu shahrida, bittadan Seulda va Gyeonggi-do provintsiyasida, yana 10 ta Gyeongangbuk-do provintsiyasida, qolgan holatlar mamlakatning turli mintaqalarida bo’lgan. Halok bo’lganlarning umumiy soni 53 kishiga etdi.

Yana 81 bemor davolandi, shu bilan bo’shatilganlar soni 247 nafarni tashkil etdi.