Yandeks “Tinkoff” bankiga egalik qiluvchi TCS Group kompaniyasini 5,48 milliard dollarga to‘liq sotib olishi mumkin. Bu borada kompaniyalar prinsipial ravishda kelishib olishgan. 

Foto: Spot

“Tomonlar bitim bo‘yicha prinsipial ravishda kelishuvga erishdilar, u naqd pul va aksiyalar sifatida 5,48 milliard dollarni yoki Tinkoffning har bir aksiyasiga $27,64 to‘laydi”, – deyiladi TCS bayonotida. 

TCS o‘zining press-relizida prinsipial ravishda kelishuvga erishilganligini e’lon qildi, ma’lumot ham IT giganti tomonidan tasdiqlandi.

Ikkala tomon ham aniqlik kiritishicha, yakuniy sotib olish shartlari guruhni sinchkovlik bilan tekshirishdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Yandeks shuningdek, bitim xolding aksiyadorlari tomonidan tasdiqlanishi kerakligini ko‘rsatdi.

Mavzuga doir:
Yandeks ham O’zbekistonga soliq to‘lovchi sifatida qayd etildi
Rossiyada Yandex koronavirus testlarini hamma uchun bepul qildi

“Tinkoff” bank to‘la raqamlashtirilgan Rossiyadagi eng yirik bank sanaladi.