“Nokia 8.3 5G” smartfoni taqdim etildi. Nomidan ham ko‘rinib turibdi — smartfon beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydi. Qolaversa, qurilmaning “ZEISS” optikali to‘rt kamerasi bor. Bu haqda Ferra xabar berdi.

Foto: Ferra

Smartfon ekrani diagonali 6,8 dyuym (FullHD+)ga teng. Asosiy kamerasi 64 Mp, 12 Mp, 2 Mp va 2 Mp datchiklardan tashkil topgan. Frontal kamerasi esa 24 megapikselli.

Qurilma ekshn usulida video olish imkoniyatini beradi. Kino suratga olish rejimini ham afzalliklar qatoriga qo‘shish mumkin: foydalanuvchi turli effektlarni qo‘llay oladi.

Protsessori — Snapdragon 765G. Akkumulyatori — 4500 mAs.

“Nokia 8.3 5G” Android 10 bazasida taqdim etilyapti, ammo keyinchalik Android 11 gacha yangilash mumkin. Ikki talqinda taqdim etilyapti: tezkor va doimiy xotirasi 6GB/64 GB hamda 8 GB/128 GB.

Mavzuga doir:
AQSh va Britaniya 5G uskunalar uchun Huawei shirkati muqobilini izlashmoqda
“5G tarmog’i koronavirusni tarqatmaydi” – JSST