O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Uz24 manbasi xabar berdi.

Rahim Rajabov

Ma’lumot uchun, Rahim Rajabov 1937-yilda Buxoro viloyatida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960-yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti) tamomlagan.

O‘z vaqtida “Uzbekselmash” va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan “Algoritm” zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

Mavzuga doir:
Xalq ta’limi vazirligi xodimi koronavirusdan vafot etdi
Kanada sobiq bosh vaziri vafot etdi

1990-yildan 1997-yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Hozircha uning o‘limi sababi ma’lum emas.