Mazkut holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Shu yil 21-sentabr kuni soat 02:40 larda, Namangan shahar Xalqlar do‘stligi MFY To‘qimachilar ko‘chasida, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan O‘z.R Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Navoiydagi mudhish YTHda ikki kishi halok bo’ldi
Namanganda “Nexia” beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchisi vafot etdi