Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo’limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RBK

Shu yil 14-sentabr kuni soat 15:30 larda Shahrisabz tuman IIB JQB va Kitob tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “nazoratli xarid” tezkor tadbirda yana bir iki nafar og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi. Jumladan, Kitob tumanida yashovchilar O.G‘. va A.A.lar 4000 AQSh dollari evaziga sof og‘irligi 1036 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini “xaridor”ga Kitob tumani “Denov” MFY hududida sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo’limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Chirchiqda 6 kg. giyohvand moddani qovurayotgan ommorxona qorovuli ushlandi
Xorazmda giyohvand moddani 12 mln. so’mga sotayotgan ayol qo‘lga olindi