Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning 11-sentabr kuni soat 15:30 larda Romitan tumani “Dehqon bozori”da joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konida, tanishlari orqali Afshona tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, Peshko‘ tumanida yashovchi fuqaro D.Sh. dan 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritimoqchi bo‘lgan, shu tumanda istiqomat qiluvchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.N. tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Buxoroda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Buxoroda Reks laqabli it oʻgʻrilar izidan tushib, jinoyatni fosh qildi