So’ngi bir kun ichida Xitoyda koronavirusning yangi turi (Covid – 19) tufayli pnevmoniyadan o’limning 17 ta holati qayd etildi va 19 ta yangi holatlar aniqlandi, deb xabar beradi XXR Davlat sog’liqni saqlash qo’mitasi.

Foto: France 24

Dekabr oyidan beri mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 3136 kishini tashkil etdi, kasallikning 80754 holati qayd etildi.

Barcha o’limlar kasallik tarqalishining markazi bo’lgan Xubey, Uxanning ma’muriy markazida qayd etilmoqda.

Ayni paytda mamlakatning materik qismida 17 mingdan ortiq kishi tibbiy muassasalarda davolanmoqda, 4,7 ming bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, deyarli 60 ming kishi davolanishdi va tibbiy muassasalarni tark etishdi, deyiladi xabarda.