AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus qurbonlari sonining 200 mingdan oshishini dahshatli deb atadi va agar uning ma’muriyatining xatti-harakatlari bo’lmaganida, bu ko’rsatkich bundan bir necha baravar ko’p bo’lishi mumkinligini aytdi.

Foto: Google

Kecha federal va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalar ma’lumotlarini umumlashtiruvchi AQShning Jon Xopkins universiteti Qo’shma Shtatlarda koronavirus qurbonlari soni 200 mingdan oshgani haqida aytilgandi

“Bu dahshatli. Menimcha, agar biz hamma narsani to’g’ri va aniq bajarmaganimizda unda qurbonlar soni ikki yarim millionni tashkil qilishi mumkin edi. Agar alternativalarni ko’rib chiqsangiz, ikki yarim million o’lim bo’ladi.

Ammo buni aytib, ta’kidlashni istardim – hech kim o’lmasligi kerak edi, siz mening BMTdagi nutqimni tingladingiz – Xitoy virusni to’xtatishi kerak edi, ular virusning butun dunyoga tarqalishiga yo’l qo’ymasliklari kerak edi
“, – dedi Tramp jurnalistlarga.

Avvalroq Tramp BMT Bosh assambleyasidagi videomurojaatida Xitoyni va JSSTni virusni odamdan odamga yuqtirish mumkin emasligi va alomatlari bo’lmagan odamlar virusni yuqtirmasligi to’g’risida yolg’on bayonotlar berganlikda ayblagani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, u BMTni koronavirus tarqalishi uchun Xitoyni javobgarlikka tortishga chaqirgandi.

Mavzuga doir:
Koronavirus tufayli Nobel mukofotini topshirish marosimi bekor qilindi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 31 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 968 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.