Sankt-Gallen kantonidagi politsiyaning xabar berishicha, o’n to’rt nafar o’spirin Shveysariyadagi futbol maydonida chaqmoq urib, kasalxonalarga yotqizilgan.

Foto: RIA Novosti

“Hozirda ma’lum bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra, chaqmoq chiroq ustuniga urilgan. Chaqmoq kuchi esa yerga tushib, maydonga tarqalgan”, – deyiladi politsiya xabarida.

Hodisa natijasida ikki jamoadan 14 nafar o’spirin kasalxonalarga yetkazilgan, ularning barchasi 15 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalardir. Ulardan biri vertolyotda kasalxonaga yuborilgan.

Prokuratura va politsiya voqea sabablarini aniqlay boshlagan.

Mavzuga doir:
Yaponiyada samolyotni chaqmoq urdi
Hindistonda ikki kun ichida yuzdan ortiq odam chaqmoq urishidan halok bo’ldi