Rossiyaning Tver viloyatida “Su-30” qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novostiga Harbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Katapulta yordamida ekipaj aʼzolari samolyotni tark etishga muvaffaq boʻldi,  ular yerga qoʻngandan soʻng aloqaga chiqishdi. Ayni vaqtda ular aerodromga evakuatsiya qilingan.

“Samolyot oʻrmonli joyga qulab tushdi. Halokat joyida vayronagarchilik boʻlmadi. Hodisa sabablari va holatlarini aniqlash uchun voqea joyiga komissiya yuborildi”, – deya qoʻshimcha qiladi xabarda.

Qiruvchi oʻquv parvozini amalga oshirayotgan edi.

“Su-30” – har xil ob-havo sharoitida, kunning istalgan vaqtida nishonlarni yoʻq qilishga moʻljallangan 4-chi avlod, ikki oʻrindiqli koʻp maqsadli qiruvchi samolyot. U 1992-yildan beri Rossiya, Xitoy, Hindiston, Jazoir, Armaniston, Angola, Belorussiya, Venesuela va boshqa mamlakatlarda ekspluatatsiya qilinadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “Tu-160” samolyotlari jahon rekordini yangilagani haqida xabar bergandik.