“Begona”, “Kelajakka qaytib” va “O‘zga sayyoralik” filmlarida dizayn ustida ishlagan amerikalik rassom va illyustrator Ron Kobb Avstraliyada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning rafiqasi Robin Lavning so‘zlariga tayanib “The Hollywood Reporter” xabar berdi.

Ron Kobb

Kobb o‘zining tug‘ilgan kuni — 21-sentabrda olamdan o‘tdi. U 83 yoshda edi. Avvalroq unga demensiya tashxisi qo‘yilgandi.

Kobb 1937-yil Los-Anjelesda dunyoga kelgan. U karerasini “Disney” studiyasida boshlagan.

Kobb “Yulduzlar jangi”dagi ayrim mavjudotlarning dizayni muallifi sanaladi, Konan-varvarning qurolini o‘ylab topgan, “Begona” filmidagi “Nostromo” kemasi, shuningdek, “Kelajakka qaytib” filmidagi “DeLorean” vaqt mashinasining tashqi ko‘rinishi va intererini yaratgan.

Mavzuga doir:
Kanada sobiq bosh vaziri vafot etdi