Avvalroq tennischi Denis Istomin koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani bois Fransiya ochiq chempionati (“Rolan Garros”) musobaqasini o‘tkazib yuborgani haqida xabar bergandik.

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi vakili bilan suhbatda tennischi quyidagilarni ma’lum qilgan.

“Kecha shifokorlar kelib mendan takroriy tahlil olib ketishdi va tushuntirishdiki, kimdir COVID-19 bilan yaqin orada kasallangan bo‘lsa, unda antitanachalar hosil bo‘ladi. Biroq virus tanada bo‘lishi mumkin.

Tushunish mumkinki, menda shunday bo‘lgan. Shifokorning gapini so‘zma so‘z aytaman: “Sizda juda kam miqdorda. Biroq u musbat natija olish uchun yetarli.

Bu virusning e’tiborli tomoni ham shunda. U gohida musbat, gohida manfiy natija berishi mumkin. Barchasi organizmning holatiga bog‘liq.

To‘g‘risi, o‘zim ham bu haqida to‘liq tushunmadim. Ilm-fanda ham bunga to‘liq javob yo‘q. Shunday taxmin borki, qandaydir jarayonda virus faol bo‘ladi va bu tahlillarda musbat natija beradi. 2 kundan keyin esa aksi bo‘lishi mumkin.

Bu holda vaziyatni oldindan aytib bo‘lmaydi. Hozir takroriy tahlilning javobini kutmoqdamiz. Achinarlisi, “Roland Garros”ni o‘tkazib yuboraman.

Biroq bu men kasal ekanimni anglatmaydi. Men soppa-sog‘man. Shunchaki, o‘sha vaziyatda virus shunday ko‘ringan. Kelasi hafta endi boshqa turnirda ishtirok etaman”, – deya ma’lum qilgan Denis Istomin.

Mavzuga doir:
Xamzat Chimayev UFC rekordini o‘rnatdi
Ganada kamida sakkiz nafar futbolchi avtobus halokatida vafot etdi