Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan, Davlat soliq xizmati organlari tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqida qo’mitaning rasmiy saytida xabar qilindi.

Foto: Google

Soatov Xusniddin Amirqulovich – Jizzax viloyati Baxmal tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xusniddin Soatov 1987 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan.

U mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyati Baxmal tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lovozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tursunmuratov Muxammadi Toshtemirovich – Jizzax viloyati Forish tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Forish tumani davlat soliq inspeksiyasining yangi taynlangan boshlig‘i 1969 yil Baxmal tumanida tavallud topgan.

Muxammadi Tursunmuratov bunga qadar Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Abdullayev Abdullo Baxriddinovich – Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Abdullo Abdullayev 1985 yilda Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan.

U mazkur lavozimda ish boshlashidan avval Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Djumayev Davlat Akmuratovich – Buxoro viloyati Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Davlat Djumayev 1974 yil Buxoro viloyati Buxoro tumanida tavallud topgan.

U bundan avval Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

A’zamxonov Akromjon Turg‘unpo‘latovich – Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akromjon A’zamxonov 1974 yil Namangan viloyati uychi tumanida tug‘ilgan.

A.A’zamxonov yangi lavozimga tayinlanguga qadar Davlat soliq qo‘mitasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.