Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Andijon shu yilning 17-sentabr kuni soat 13:20 da Marhamat tumani Qo‘rg‘oncha MFY o‘ramida joylashgan jamoat joyi hisoblangan Qo‘rg‘oncha ko‘chasida 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O.,lar bir guruhga birlashib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, muqaddam o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan pul oldi-berdi masalasida, 54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R., lar bilan o‘zaro janjallashib, hech bir sababsiz, qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan ularga turli ko‘rinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

Hodisa joyidan 2 dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, M.O. va O.B., lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:
IIBB Yunusobodda tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik tafsilotlarini ma’lum qildi

Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi tungi klub oldida to‘rt kishi pichoqlanishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.