Hukumatning tegishli qarori (№576, 21.09.2020y) bilan, tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlarida ipoteka kreditlarining soddalashtirilgan tizimi joriy qilinadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan “Ipoteka- bank” ATIB va “Qishloq qurilish bank” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish bo‘yicha quyidagilarga rozilik berildi:

  • mijozning tanloviga ko‘ra, xo‘jalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka krediti qarz oluvchining bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi;
  • qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanadi;
  • daromadlari to‘g‘risida kamida oxirgi uch oy uchun ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya to‘lovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari bo‘yicha deklaratsiyalar bilan birga va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini hisoblashda inobatga olinadi;
  • kreditning maqsadli ishlatilishi bank va qarz oluvchi o‘rtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilinadi;
  • kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinadi;
  • yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badal sifatida qarz oluvchining mablag‘lari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinadi.

Mavzuga doir:
Koronavirusga qarshi dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti loyiha ofisi tashkil etiladi
Yashnobod tumani kompleks rivojlantiriladi