Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida imzolangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yil 9-sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.

Qayd etilishicha, aviakompaniya mazkur yo‘nalishda O‘zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:
Londondan Vetnamga uchgan samolyot bortida aksirgan ayol 15 kishiga koronavirus yuqtirdi
Chet elliklarning Qozog‘istonda bo‘lish muddati uzaytirildi