Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Qashqadaryoda shu yilning 17-sentabr kuni soat 03:00 da Koson tumani “Gulobod” hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponi ro‘parasida 37 yoshli Sh.X. va 38 yoshli A.N., lar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘zaro janjallashib qolib, A.N., janjal vaqtida Sh.X., ga qasddan og‘ir tan jarohat yetkazish maqsadida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘ini uning o‘ng va chap ko‘krak sohasiga qasddan sanchib olib, hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati yetkazgan.

Natijada Sh.X., tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Qo‘qonda “Tracker” avtomobilini olib qochgan shaxslar qamoqqa olindi
Toshkentda Turkiyaga qizlarni fohishalikka yuborayotgan ayol qo‘lga olindi

Dastlabki tergov jarayonida, A.N., ga nisbatan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.