Kecha Andijon viloyatiga koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh Rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida tibbiyot xodimlarimiz bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadigan shifokorlar bilan uchrashgan.

Viloyatda bo‘lib turgan shifokorlar, avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonga Rossiyaning eng nufuzli shifoxonalaridan yetib kelgan 35 nafar tibbiyot xodimlari, epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, jarroh shifokorlar, diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralarining bir guruhi hisoblanadi.

Endilikda ular rossiyalik mutaxassislar viloyatdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishadi.

Eslatib o’tamiz, rossiyalik yuqori malakali shifokorlar tashrifni Surxondaryodan boshlashgan edi.