“O‘zbekneftgaz” AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” gaz konidagi ishlatilmayotgan quduqlar majmuasida turgan 9-sonli quduq. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Trend

Qayd etilishicha, “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari tomonidan to‘la ta’mirlanib, qayta ishga qo‘shildi.

Quduqda suv yo‘llarini yopish ishlari bajarilib, 2545-2548m, 2555-2560m metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, quduqni o‘zlashtirildi.

Natijada esa, quduqdan o‘rtacha kunlik 125 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Mavzuga doir:
Dizel narxlari arzonlashadi
“Sharqiy Berdaq” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz olinadigan quduq ochildi

Ma’lumot uchun, “Shimoliy Berdak” gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006-yilda ishga tushirilgan.