Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan mamlakat hududidagi kasbiy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ish bilan ta’minlash tartibini soddalashtiruvchi qonun imzolangan. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi

Mazkur hujjatga muvofiq, Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashi mumkin. Yangi qonun 2020 yil 5 avgustdan kuchga kiradi.

Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o‘zlari ta’lim olayotgan universitetlarda, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, chet ellik talaba o‘qishni tugatgan yoki o‘qishni to‘xtatgan taqdirda, ishlashni to‘xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish kerak.