Denge bezgagi kasalligini boshdan kechirganlarda koronavirusga immunitet hosil boʻlishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi Dyuk Universiteti professori Migel Nikolelisning hali eʼlon qilinmagan tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Foto: Google

Amerikalik olim soʻnggi yillarda denge bezgagi avj olishi qayd etilgan joylarda koronavirus sekinlik bilan tarqalishini aniqlagan.

Taʼkidlanishicha, bu kashfiyot denge flavivirusi va SARS-CoV-2 serotiplari oʻrtasidagi immunologik oʻzaro reaktiv imkoniyatini bildirishi mumkin.

Nikolelisning soʻzlariga koʻra, agar uning taxmini tasdiqlansa, insonlar denge bezgagiga qarshi emlanib, koronavirusga muayyan immunitetga ega boʻlishlari mumkin.

Mavzuga doir:
Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston rus vaksinasini hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirdi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 31 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 964 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.