Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yilning 22-sentabridan belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi uchun narxlarni tushirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda zavodning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google

Mazkur qarorga asosan zavodning o‘zidan bir tonna mahsulot uchun aksiz bilan 5 million 600 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga xuddi shu miqdor aksizsiz 5 million 201 ming so‘m), respublika hududida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5 500 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5 million 101 ming so‘m) etib belgilandi, deb yozadi O’zA.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston bo’ylab “Yevro-5” dizel va benzinlar paydo bo‘ladi
“Yevro-4” va “Yevro-5” dizel yoqilg’isi sotuvga chiqarildi