12-sentabr kuni Dilfuza ismli shaxs Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini ma’lum qilgan.

Foto: Skrinshot

Murojaat va olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Toshkent shahar IIBB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahinaning shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko‘rilgan.

O‘zini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Zokirova Shoyista bo‘lib chiqqan. U Dilfuzani 14-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlangan.

Zokirova Shoyista yana uch nafar qizni fohishalikka yubormoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Mavzuga doir:
Qashqadaryoda fohishaxona tashkil qilganlar qo‘lga tushdi
Farg‘onada fohishaxona tashkil qilgan yana bir ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi