Kecha, 21-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilindi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yigʻilishda qayd etilishiga koʻra, Oʻzbekistonda kelgusi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish moʻljallangan.

Yetishtirilgan mahsulotlar uchun tobora koʻproq bozorlarni ochish, ularni yangi bozorlarda 3-4 barvar qimmatga sotish uchun – mahsulotlarni xalqaro fitosanitariya talablariga asosan yetishtirish qa qadoqlash talab qilinadi. 

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida mahsulot yetishtiruvchi, qadoqlovchi va eksport qiluvchi har bir korxonaga karantin inspektorlarini biriktirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

ЭShuningdek sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatsiya tizimini tatbiq etish uchun prezident tomonidan Fitosanitariya boʻyicha yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifi kiritildi”, – deb yozadi Sputnik.

Fan bilan amaliyot uygʻunligini taʼminlash, eksportchi korxonalar mutaxassislariga xalqaro fitosanitar talablarni tushuntirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ham xalqaro fitosanitariya talablari oʻqitilishi taʼkidlandi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vazirini tavallud ayyomi bilan tabrikladi
Prezident suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yig’ilish o’tkazdi

Xabarda aytilishiga koʻra, bugun ushbu sohada xususiy sektor ishtirokida oʻsimliklar 205 ta klinikasi, 690 ta biolaboratoriya mavjud. Sifat va raqobatni taʼminlash maqsadida bunday xususiy klinika va biolaboratoriyalarni koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasiga 1-dekabrga qadar oʻz maʼlumotlar bazasini bojxona organlarining “Yagona darcha” elektron tizimiga toʻliq integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi.