Kecha Braziliyada 15 454 kishida koronavirus aniqlandi, shunga qaramay, mamlakatda epidemiya avjidan tushayotganini kuzatish mumkin.

Foto: RIA Novosti

Statistikaga ko‘ra, mamlakatda epidemiya avjiga chiqqan pallada kuniga 65-70 minglab bemorlar qayd etilayotgandi. Oxirgi kunlarda ko‘rsatkich o‘rtacha 15-16 mingni tashkil etmoqda.

Pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisida o‘lim holatlari sutkasiga 1,5 mingtagacha yetgandi, hozir uch baravar kamaygan.

Shuning uchun ham jahon koronavirus o‘choqlari antireytingida Hindiston Braziliyadan o‘tib ketdi. Global pandemiya markazi — AQShda esa koronavirusni yuqtirganlar soni 7 milliondan oshdi.

Mavzuga doir:
Braziliya pandemiyani yenggani ma’lum qildi — OAV
Koronavirus: yana bir davlatda uch kunlik motam e’lon qilindi

“Worldometer” ma’lumotiga ko‘ra, Braziliyada kovidga chalinganlar jami soni 4 560 083 nafar, shundan 137 350 nafari vafot etgan, sog‘ayganlar soni — 3 887 199 nafar (85 foiz).

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 31 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 964 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.