Avstraliyaning Tasmaniya oroli qirg‘oqlarida o‘zini quruqlikka otgan 270 ta kit aniqlandi. Bu haqda MK xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvilar 90 ta jonivorning nobud bo‘lganiga guvoh bo‘lishdi. Qolgan kitlarni qutqarish ishlari ikki kun davom etishi kutilyapti, ob-havo sharoitlari vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Fojia Makkuori bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan. Jonivorlarning ommaviy o‘z joniga qasd qilishi sabablari o‘rganilmoqda.

Bu ko‘lamdagi kitlar o‘limi 2000-yillardan beri kuzatilmagan. Ta’kidlash kerakki, har yili o‘rtacha 2 mingta kit o‘zini qirg‘oqqa otadi.

Mavzuga doir:
Rossiyalik biologlar chuchuk suvdagi baliqlarda umidsizlik fenomenini aniqladi
Kaspiy dengizining suvi qizil rangga kirdi