Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 22-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 107 374 kishiga yetdi. Bemorlarning 102 064 nafari butunlay tuzaldi. 1671 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 22-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 71 kishiga ko’payib, jami 45 542 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1063 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 41 796 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 22-sentabr holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 9388 tani tashkil etmoqda va jami 73 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 8152 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 22-sentabr holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 39 074 nafarni tashkil etmoqda. 1444 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 32 576 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin – Boronov
Qozog‘iston vaksinasi yuqori baholandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 31 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 964 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.