2020-yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan.

Foto: Google

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSh dollari sarflangan.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda o’tgan 8 oyda qancha traktor va kultivator ishlab chiqarilgani ochiqlandi
Tashqi savdo aylanmasi 12,7 foizga kamaydi