Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 8 mart kuni soat 05:30 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 13-uy oldida, ushbu uy 51-xonadonda yashovchi K.I.ga tegishli qora rangli “Mersedes Benz” va uning yonida turgan oq rangli “BMW” rusumli transport vositalarida yong‘in chiqib, avtomashinalarni dvigatel va salon qismlari yongan.

Mazkur yong‘in yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.