Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkazilishini ma’qulladi, deyiladi vazirlikning matbuot xizmati xabarida.

Foto: Google

Chumakov markazi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur vaksina sinovida uch mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilarning bunday miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.

Ishlanma mualliflari sinovlarni shu yilning noyabrida yakunlashni mo‘ljallagan.

Dori vositasining klinik sinovlari Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda o‘tkaziladi. Sinov ishtirokchilari vaksinatsiyadan so‘ng 16 kunlik cheklangan muhitda bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Mavzuga doir:
AQShlik olimlar yurak uchun xavfli bo‘lgan “kovid” preparatlarini ma’lum qildi
Vaksina kimlarga mumkin emas?

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 31 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 963 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.