Paxtakor tumani, Samarqand mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro K.R. tuman ichki ishlar bo‘limiga firibgardan ziyon ko‘rganligi to‘g‘risida murojaat qildi. Bu haqida Jizzax viloyat IIB axborot xizmati yozmoqda.

Foto: Sputnik

Shikoyatchi G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug‘ilgan O.A.ning va’dalariga ishonib qolganini ta’kidlaydi. Bildirishicha, O.A. Toshkent shahridan arzon narxda shakar mahsuloti olib kelib sotish rejasi borligini aytib, 2018 yil 17 noyabr oylarida 140 million so‘m, 2018 yil 29 dekabr oyida 100 million so‘m pullarini olgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, fuqaro K.R. firibgarlikda gumonlanayotgan O.A.dan ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida tilxat olishni unutmagan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.