Bu to’g’risida Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi.

Foto: Sputnik

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qarori bilan 2020-yilning 1-oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Unga ko’ra, Hukumatning tegishli qarori bilan bu ro‘yxatga Ekspress test SARS-CoV-2 Antibody Test (Express-test) tibbiyot buyumi hamda boshqa dori vositalari kiritilib, begilangan tartib 2021-yilning 1-martiga qadar uzaytirilmoqda.

Mavzuga doir:
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti loyiha ofisi tashkil etiladi
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti yanada kengaytiriladi