Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent – Termiz” M-39 yo‘lining 987 kilometrida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-ulov hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida Jizzax viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyat IIB axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro E.N. “Isuzu” rusumli yuk avtoulovini 70 km/s tezlik bilan Samarqand viloyati tomon boshqarib ketayotganda avtoulov salonida bo‘lgan Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida istiqomat qiluvchi 1991 yilda tug‘ilgan ayol S.M. avtoulovni to‘xtatishini so‘ragan. Biroq haydovchi harakatni davom ettirgan. Bundan qo‘rqib ketgan ayol avtoulov eshigini ochib sakragan va tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.