Germaniyaning Deutsche Bank tahlilchilari 2021-yil o‘rtalariga kelib global yalpi ichki mahsulotni pandemiya darajasigacha tezroq tiklanishini taxmin qilishmoqda.

Foto: Xalq so’zi

So‘nggi oylardagi kuchli iqtisodiy tiklanishdan so‘ng tezkor daromad kutilmoqda, deb yozadi Reuters.

Deutsche Bank’ning yangi hisobotida aytilishicha, uchinchi chorak yakuniga etgan global yalpi ichki mahsulot pandemiya darajasining yarmiga yaqinlashmoqda.

“Endi biz iqtisodiy tiklanishni kelgusi yilning o‘rtalariga qadar, avvalgi prognozimizga qaraganda ikki chorak oldin yakunlashini ko‘ryapmiz”, – deya ta’kidlashdi ekspertlar.

Deutsche Bank global YaIM bo‘yicha prognozini oshirdi va bu yil 3,9 foizga qisqarishini kutdi, may oyida pasayish 5,9 foizga baholandi. 2021-yil uchun iqtisodchilar o‘sish prognozini 5,3 foizdan 5,6 foizgacha ko‘tarishdi.

Bankning prognozi optimistik: yaqinda Germaniya Iqtisodiyot vaziri mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2022-yilgacha inqirozgacha bo‘lgan darajaga ko‘tarilishini kutmagan edi.

Mavzuga doir:
YaIM o‘sishi dastlabki yarim yillikda 0,2 foizgacha sekinladi

Qayta tiklanish tahdidlari ro‘yxatida ekspertlar koronavirusning ikkinchi to‘lqini, AQSh prezidentligi saylovlari natijalari, Brexit va markaziy banklarning pul-kredit siyosati borasidagi noaniqliklar bor.