Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi.

Foto: RIA Novosti

Savol: Koronavirus bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun davomida virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkin ekan. Bu ma’lumot qanchalik rost?

Javob: Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham COVID-19 kasalligini o‘tkazgan ba’zi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo‘lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. 

Lekin kasallikni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir kechirayotgan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat kasallik jarayonini kechirmoqda, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.

Bugungi kunda, virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.

Mavzuga doir:
Vaksina kimlarga mumkin emas?
Mutaxassis dezinfeksiya tunnellari nega to‘xtatilganiga izoh berdi
Kuz-qish mavsumida kasallik avj olib ketish ehtimoli haqida ma’lumot berildi

Bu esa, yana bir bora, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi.