Toshkent shahar IIBB axborot xizmati o‘tgan hafta davomida YPX inspektorlari tomonidan qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari haqida ma’lumot berdi.

ypx inspektor gai
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yilning 2 mart kunidan 8 martga qadar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi faktlari 17 789 tani tashkil etdi, shulardan 3 346 tasi – qo‘pol tarzdagi qoidabuzarliklardir. Ba’zi raqamlar bilan taqdim etilgan jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Hurmatli haydovchi va piyodalar! Muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalarini oilaviy takrorlashga odatlaning. Yo‘ldagi kichik bir xato ham ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun eng afzali – muammo yuzaga kelmasidan avval uning oldini olishdir. Xavfsizlik talablarini hurmat qiling, deyiladi xabarda.