O‘zbekiston “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19’ga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng qo‘shma sinovlaridan o‘tkazishga qiziqish bildirdi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.

Foro: RIA Novosti

Rospotrebnadzor O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan COVID-19 profilaktikasi uchun vaksinani ishlab chiqish masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi, deya aniqlik kiritildi xabarda.

“Tomonlar Rossiya va O‘zbekistondagi mavjud epidemik vaziyat, o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari, shuningdek, Rospotrebnadzorning “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiyaning “EpiVakKorona” vaksinasini sinovdan o‘tkazish jarayonini muhokama qildilar.

Xususan, o‘zbek tomoni vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng uni ishlatish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etish istagini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Mavzuga doir:
AQShlik olimlar yurak uchun xavfli bo‘lgan “kovid” preparatlarini ma’lum qildi
Vaksina kimlarga mumkin emas?

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 959 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.