O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida joriy yilning 8 oyida 630 dona traktor va 573 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, traktor va kultivatorlar ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda traktor 35,9 foizga va kultivatorlar 56,8 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning so‘nggi ikki oyida traktor va kultivatorlar umuman ishlab chiqarilmagan.

Mavzuga doir:
Tashqi savdo aylanmasi 12,7 foizga kamaydi
O‘zbekiston o’tgan sakkiz oyda qiymati 5,8 mlrd. dollarga teng oltin eksport qildi

2020-yilda eng yuqori ishlab chiqarish aprel oyida kuzatilib, 234 dona traktor va 144 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan.