Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi turiga qarshi ishlab chiqilgan vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Hans Klyuge maʼlum qildi.

Foto: Sputnik

JSST vakili Rossiyada yaratilgan vaksina xavfsizligi va samaradorligiga eʼtiborni qaratdi.

“Men Rossiyaga xavfsiz va samarali vaktsinani yaratish boʻyicha ajoyib harakatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, – dedi Klyuge.

Rossiya shu yilning yanvar oyida koronavirusga qarshi vaksinani ixtiro qilishga kirishilgandi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Mutaxassislar tadqiqot natijalariga koʻra, vaktsinani xavfsiz deb tan olishdi va u koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirishga imkon berishini taʼkidlashgan.

Avvalroq, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasiga 50 ta mamlakat qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Shuningdek, kecha vaksinaning ishtirokchilariga tavsiyalar eʼlon qilingandi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 959 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.