Foto: Markaziy bank axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 9 martda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida raqamli bank “Anor Bank” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.