Hukumatning tegishli qarori (№568, 19.09.2020y) bilan, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Foto: RIA Novosti

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizi miqdorida qaytariladi.

Biroq xorijiy kinokompaniya tomonidan har bir filmni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning qaytariladigan qismi 300 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmaydi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, film deganda badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli va xronikal, ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik, multiplikatsion audiovizual mahsulot, ijtimoiy videoroliklar, kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar tushuniladi.

Mavzuga doir:
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti yanada kengaytiriladi
Yashnobod tumani kompleks rivojlantiriladi

O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishi uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati (reyestri) “O‘zbekkino” veb-saytiga joylashtiriladi.