“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob – havo ma’lumotini taqdim etdi.

obhavo turizm priroda manzara samarqand xorazm buxoro
Foto: Google

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi shimoliy Ural rayonlaridan kirgan antisiklonning nisbatan sovuq chegarasi ta’sirida bo‘ladi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havoning quruq va asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.

Antisiklon chegarasining ta’siri natijasida tunda havo soviydi va 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta-sekin isitadi va harorat 12-15 darajagacha iliydi, bu mart oyinining birinchi yarmi uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqindir.