Ikkala tomondan ham bir nechta o’q otilgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Bu haqda “Xronika Turkmenistan” xabar berdi.

Foto: Sputnik

Xabarga ko’ra, 17-sentabrga o‘tar kechasi Turkmanistonning Farab etrapi va O‘zbekistonning Olot tumani o‘rtasidagi davlat chegarasi qismida o‘tkazilgan reyd vaqtida Amu-Buxoro kanalida harbiylar rezina eshkakli qayiqda yuk tashiyotgan odamlarni payqashgan.

Qayd etilishicha, chegarachilar avvaliga, havoga ogohlantiruvchi o‘t ochishgan. Qarama-qarshi sohildan noma’lum kishi, taxminga ko‘ra, pompali miltiqdan Turkmaniston tomonga o‘q uzgan.

Qayiqda bo‘lgan fuqarolardan biri suvga sakrab, O‘zbekiston tomondagi qirg‘oqqa qarab suzib ketgan. Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasida bir necha marotaba bir-birlariga qarata o‘q otilgan. Ammo hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston 1-oktabrdan chegaralarini ochadi

Turkmaniston huquq-tartibot idoralari xodimlari 50 ta katta qutidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan turkman fuqarolarini qo‘lga olgan.

Hibsga olingan shaxslar Milliy xavfsizlik vazirligining Turkmanoboddagi viloyat bo‘limiga olib ketilgan. Dastlabki tergov jarayonida hibsga olinganlar sigareta kontrabandasi bilan shug‘ullanganligi va bunday operatsiya birinchi marta o‘tkazilmaganligi ma’lum bo‘lgan.

Hammasi bo‘lib 150 quti sigaret Turkmanistonga jo‘natilishi kerak bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, mazkur ish prokuraturaga yuboriladi. Tergovchilar sigaretalar qayerga yetkazilganligi va qaysi savdo do‘konlari orqali sotilganligini aniqlaydilar. Ayni paytda hibsga olinganlarga ikki moddada – kontrabanda va qurolli qarshilik ko‘rsatishda ayblov e’lon qilingan.