20-avgust, yakshanba kuni Belorusdagi namoyishlarda 442 kishi hibsga olindi. Bu haqda respublika IIV matbuot kotibi Olga Chemodanova o‘z Telegram kanalida xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Umuman olganda, kecha ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgani uchun 442 fuqaro hibsga olingan”, – degan u.

Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlarning 266 nafari Minskda hibsga olingan.

Ma’muriy ishlar sudida ko‘rib chiqilguncha 330 kishi hibsda qolmoqda.

Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlari 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach, boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan.

Mavzuga doir:
Lukashenko oʻz tarafdorlari oldida nutq soʻzladi
Lukashenko Belorussiyadagi prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Muxolifat saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Namoyishlarning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh oqizuvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.