O‘zbekiston Tojikiston bilan yangi avtotransport yo‘nalishini ochmoqchi. Bu haqda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov hamda Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim o‘rtasidagi Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi, deya xabar berdi Aziya-Plyus nashri.

Foto: Transport vazirligi

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar va yuklarni tashishni ko‘paytirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik, shuningdek yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari ko‘rib chiqildi. Yangi transport yo‘nalishlari qachon ochiladi, bu haqda ma’lum qilinmadi. 

Tojikistonlik vazir so‘nggi oylarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransportning har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhimligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni O‘zbekiston hukumatining iqtisodiy bloki xodimlari hamrohligida mamlakatimizning 172 yirik biznes vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurgan.

Mavzuga doir:
Tojikiston prezidentligiga nomzodlar saylanish uchun qanday va’dalar beryapti?
Oʻzbekiston Tojikistonga gaz eksportini toʻxtatdi

Eslatib o’tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishilgani xabar berilgandi.

Keng koʻlamli tadbirlar Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 28 – 30-sentabr kunlari Tojikistonga tashrifi arafasida oʻtkazilmoqda.