Hindistonda koronavirus epidemiyasi tobora kuchayib boryapti, shunga qaramasdan, Tojmahal obidasi va qator maktablar, bugun, dushanba kunidan ochildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: RG

Hukumat vakillariga ko‘ra, Tojmahal ziyoratiga borganda koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralarni ko‘rish, xususan, masofani saqlash talab etiladi.

Mart oyining o‘rtalaridan yopilgan Toj Mahalga bugunning o‘zida yuzlab odamlar ziyoratga borishgan. Obitdaga kun davomida 5 ming kishi kirib chiqishiga ruxsat etilgan, bu pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichning chorak qismiga teng.

OAV xabarlariga ko‘ra, bugundan boshlab 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning ko‘ngilli asosda maktablarga borishiga ruxsat berilgan.

Shuning barobarida, aksariyat shtatlarda maktablarni ochishga hali erta deb hisoblashyapti. Ta’lim muassasalari ochilishiga ruxsat berilgan ayrim shtatlarda maktablarning o‘zlari darslarni o‘tkazishga qarshi chiqmoqda.

Ota-onalar ham bolalarini maktabga jo‘natishga oshiqayotgani yo‘q. Masalan, Assam shtatatidagi qishloq maktablaridan biriga 400 o‘quvchidan 8 nafari darsga borgan.

Hindiston pandemiya antirekordlari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarga chiqib oldi, ayniqsa, hozir koronavirus avjiga chiqqan.

“Worldometer” ma’lumot berishicha, 21-sentabr holatiga Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 5,4 mln. nafardan oshdi.

Mavzuga doir:
Hindistonda turar-joy binosi qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo’ldi – OAV
Hindiston koronavirusga qarshi rus vaksinasining 100 mln. dozasini xarid qiladi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 950 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.