AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden raqam va faktlarni keltirishda ba’zida “qovun tushirib” turadi. Bu safargisi hammasidan oshib tushdi.

Foto: RIA Novosti

O‘z saylovchilari bilan uchrashuvda raqibi Trampni tanqid qilishga berilib ketgan Bayden 200 million amerikalik koronavirusdan o‘lishini bashorat qildi.

“Agarda Donald Tramp o‘z bilganidan qolmasa, COVID-19 bo‘yicha vaziyat yanada og‘irlashib ketadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, men so‘zimni yakunlagunimga qadar 200 million kishi o‘lishi mumkin”, — dedi Bayden.

Ma’lumot uchun, AQSh aholisi 328 million kishi. Aftidan, Bayden nullarni (minglarni millionga) adashtirib yuborgan, chunki mamlakatda koronavirusdan qurbonlar soni u nutq irod qilayotgan paytda 199 ming nafarga yetgandi.

Avvalroq Jo Bayden halok bo‘lgan amerikalik askarlarga bag‘ishlangan nutqida Eron va Iroqni adashtirib yuborgandi.

Mavzuga doir:
AQSh prezidentligiga da’vogarlik qilgan reper Putin suratini Twitter’ga joyladi
Yevropa parlamenti Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmadi

Eslatib o’tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari joriy yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Donald Trampga demokratlardan Jo Bayden raqib bo‘ladi.